Ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik – jangovar salohiyat garovi
2026-03-27 19:30:00 / Yangiliklar

Unda Mudofaa vazirligi rahbariyati, okrug va qoʻmondonliklarda xizmat olib borayotgan soha vakillari ishtirok etdi.
Oʻquv uslubiy yigʻin davomida Oʻzbekiston prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy bosh qoʻmondoni Shavkat Mirziyoyev raisligida 13-yanvar kuni Xavfsizlik kengashining mamlakatimiz harbiy xavfsizligi va mudofaasini mustahkamlash masalalariga bagʻishlangan yigʻilishida belgilangan ustuvor vazifalar mazmuniga alohida toʻxtalib oʻtildi.
Qolaversa, qatnashchilarga Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida muddatli harbiy xizmatchilar bilan “ Bitta askar – bitta kasb” tamoyili asosida kasbga oʻrgatish oʻquv kurslarini tashkil etish, askarlarni oliy taʻlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tayyorlash va imtihonlarni tashkil etish boʻyicha maruzalar tinglandi va maʻlumotlar berildi. Shu bilan birga qoʻshinlarda maʻnaviy marifiy ishlarning holati, yangi oʻquv yilida amalga oshiriladigan ishlar ham muhokamalar markazida boʻldi.
Qoʻshinlarda tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organi ofitserlari tomonidan harbiy qism va muassasalarda sogʻlom maʻnaviy-ruhiy muhitni mustahkamlash, harbiy xizmat nufuzini oshirish, shaxsiy tarkib bilan maʻrifiy hamda axloqiy-ruhiy tayyorgarlik mashgʻulotlarini zamonaviy standartlar asosida oʻtkazish uchun keng qamrovli islohotlar olib borilayotganini qayd etdi.
Yakunda oʻtgan davr mobaynida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan maqsad va vazifalar belgilandi.









