Karmana va Uchquduq tumanlarida sayyor qabul o‘tkazildi
2026-03-27 16:55:00 / Yangiliklar

Unda vazirlik va qo‘mondonlik mas’ul ofitserlari, harbiy prokuratura vakillari, tuman hokimliklari hamda turli davlat va nodavlat tashkilotlari mutasaddilari ishtirok etdi. Bu esa uchrashuvning har tomonlama samarali tashkil etilishiga xizmat qildi.
Sayyor qabul davomida so‘zga chiqqanlar mazkur tashabbusning asosiy maqsadi harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini qiynayotgan muammolarni bevosita joyida o‘rganish, ularni tezkor hal etish hamda fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlashdan iborat ekanini alohida ta’kidladi.
Qabul jarayonida harbiy xizmatchilar tomonidan turli masalalar — ijtimoiy himoya, uy-joy ta’minoti, bandlik, oilaviy sharoitlarni yaxshilash kabi dolzarb murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat e’tibor bilan tinglanib, mas’ul tashkilotlar tomonidan aniq choralar belgilandi. Ayrim masalalar shu yerning o‘zida ijobiy hal etilgani tadbirning amaliy natijadorligini yaqqol namoyon etdi. Vaqt talab etadigan murojaatlar mas’ullarga biriktirilgan holda ijrosi nazoratga olindi.
Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi matbuot xizmati





