Janubda harbiy texnikalaga mavsumiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha mashg‘ulot tashkil etildi
2026-03-27 16:45:00 / Yangiliklar

Bugungi kunda zamonaviy harbiy texnika — bu yuqori aniqlik, murakkab mexanizmlar va ilg‘or texnologiyalar uyg‘unligidan iborat bo‘lib, ularning har bir detaligacha mukammal holatda bo‘lishi jangovar vazifalarning muvaffaqiyatli bajarilishida hal qiluvchi o‘rin tutadi. Shu boisdan ham mavsumiy texnik xizmat ko‘rsatish ishlari har bir bo‘linmada alohida e’tibor bilan tashkil etilib, aniq reja asosida, qat’iy nazorat ostida olib borilmoqda.
Mazkur jarayon davomida harbiy xizmatchilar o‘z bilim va ko‘nikmalarini amaliy jihatdan mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘lishmoqda. Har bir mexanik, haydovchi va muhandis texnikaning ishlash tamoyillarini chuqur o‘rganib, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarni oldindan aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha tajriba orttirmoqda.
Mavsumiy xizmat ko‘rsatish — bu nafaqat texnikani sozlash, balki mas’uliyat, intizom va fidoyilik maktabidir. Harbiy xizmatchilar ushbu jarayonda o‘zaro hamkorlik, tezkorlik va aniqlik bilan ishlashni o‘rganadi. Har bir bajarilgan ish, har bir sozlangan mexanizm — bu yurt tinchligi va xavfsizligi yo‘lida qo‘yilgan mustahkam qadamdir.
Alohida ta’kidlash joizki, ushbu jarayonlar zamonaviy o‘quv-uslubiy yondashuvlar asosida tashkil etilib, ilg‘or tajribalar keng joriy etilmoqda. Bu esa harbiy xizmatchilarning nafaqat amaliy, balki nazariy bilimlarini ham boyitmoqda. Natijada harbiy jamoalarda yuqori saviyali, har tomonlama yetuk mutaxassislar safi kengayib bormoqda.
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati






