Mardlik va matonat maktabi: yoshlar tarbiyasida yangi bosqich
2026-03-27 09:15:00 / Yangiliklar

Unda harbiy xizmatchilar, Qurolli Kuchlar faxriylari, Yoshlar ishlari agentligi va Yoshlar ittifoqi mutasaddilari hamda ishtirokchi yoshlar ishtirok etdi.
So‘zga chiqqanlar tomonidan “Jasorat maktabi” loyihasining mazmun-mohiyati va ahamiyati keng yoritilib, uning yoshlar ongida Vatanga sadoqat, yuksak mas’uliyat, jasorat va fidoyilik kabi fazilatlarni shakllantirishdagi o‘rni alohida ta’kidlandi. Shuningdek, mazkur loyiha yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni turli salbiy illatlardan asrash hamda jamiyat hayotida faol ishtirok etishga undashda muhim platforma bo‘lib xizmat qilayotgani qayd etildi.
O‘quv yig‘inlarida har ikki hududdan saralab olingan 100 nafardan, jami 200 nafar yoshlar ishtirok etmoqda. Ishtirokchilar belgilangan tartib asosida qabul qilinib, dastlab tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi, ularga harbiy liboslar topshirildi hamda guruhlarga ajratilgan holda yashash joylariga joylashtirildi.
Yig‘inlar dasturi puxta ishlab chiqilgan bo‘lib, unda jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlari, saf tayyorgarligi, jismoniy chiniqish darslari, sport musobaqalari, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda zamonaviy kasb-hunar yo‘nalishlari bo‘yicha amaliy treninglar o‘rin olgan. Shu bilan birga, ishtirokchilar bilan psixologik mashg‘ulotlar tashkil etilib, ularning ruhiy barqarorligini mustahkamlash, stressga chidamliligini oshirish, liderlik va boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Amaliy mashg‘ulotlar davomida tajribali harbiy mutaxassislar tomonidan yoshlar bilan bevosita ishlanib, ularga harbiy xizmat asoslari, favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish, tezkor qaror qabul qilish hamda jamoada ishlash ko‘nikmalari singdirilmoqda.
Ta’kidlash joizki, mazkur loyiha yoshlar siyosati doirasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning amaliy ifodasi bo‘lib, uning natijalari mamlakatimizda sog‘lom, faol va vatanparvar yoshlar safini yanada kengaytirishga xizmat qilishi shubhasiz.
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati








