Harbiy xizmatdan qaytgan yoshlarning bandligi ta’minlanmoqda
2026-03-26 19:55:00 / Yangiliklar

Mazkur tadbirda Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi o‘rinbosari, Yakkasaroy tuman hokimi, Toshkent shahar Mudofaa ishlari boshqarmasi boshlig‘i, Toshkent shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik hamda boshqa tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida rahbarlar va yoshlar o‘rtasida ochiq muloqot tashkil etilib, harbiy xizmatni o‘tab qaytgan yigitlarning muammo, taklif va tashabbuslari atroflicha o‘rganildi. Xususan, ularning ish bilan ta’minlanishi, kasb-hunar egallashi, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuvdan so‘ng bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi. Yarmarka davomida harbiy xizmatni o‘tagan yoshlarning salohiyatiga alohida e’tibor qaratilib, ularga munosib mehnat faoliyatini boshlashlari uchun aniq takliflar bildirildi. Ish beruvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish imkoniyati yaratilib, yoshlar o‘zlari qiziqqan yo‘nalishlar bo‘yicha mehnat shartnomalarini imzolashdi.
Shuningdek, yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini boshlashi, o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishi yuzasidan ham amaliy maslahatlar berildi.
Mazkur tadbir yoshlar bandligini ta’minlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda jamiyatda munosib o‘rin egallashiga ko‘maklashish borasidagi ishlar izchil davom etayotganining yana bir amaliy ifodasi bo‘ldi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti









