“Dolzarb 20 kun” tadbirlariga start berildi
2026-03-26 16:40:00 / Yangiliklar

Ta’kidlash joizki, tadbirlar doirasida texnik xizmat ko‘rsatish va profilaktika ishlari keng ko‘lamda tashkil etilib, harbiy qismlarda mavjud barcha turdagi texnik vositalar, jumladan, zirhli texnikalar, maxsus harbiy mashinalar, transport vositalari hamda boshqa qurol-aslahalar holati tekshiriladi. Texnik reglament asosida ko‘riklar o‘tkazilib, ehtiyojga qarab zarur ta’mirlash va almashtirish ishlari bajariladi.
Bugungi tadbirda ham mazkur ishlarni samarali tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Mavsumiy texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini yagona uslubiyotga keltirish, barcha harbiy qismlar uchun bir xil mezon va tartibda amalga oshirish maqsadida ko‘rgazmali mashg‘ulotlar ham o‘tkazildi. Bu mashg‘ulotlarda harbiy xizmatchilar texnikaga xizmat ko‘rsatishning zamonaviy usullari bilan tanishib, nazariy bilimlarini mustahkamlash bilan birga, amaliy ko‘nikmalarini ham boyitishdi.
Mazkur tadbirlar harbiy texnikaning har qanday iqlim sharoitida ishonchli va samarali ishlashini ta’minlash, texnik nosozliklarning oldini olish hamda harbiy qismlarning doimiy jangovar shayligini yuqori darajada ushlab turish imkonini beradi.
Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati









