Zarafshonda ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi
2026-03-26 15:40:00 / Yangiliklar
Bosh prokuror oʻrinbosari – Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori O.Xolboyev boshchiligida Qurolli Kuchlar vazirlik va idoralari rahbariyati bilan hamkorlikda olis hududlarda ommaviy sayyor qabullar oʻtkazib kelinmoqda.

Bu galgi ommaviy sayyor qabul Navoiy viloyatining Zarafshon shahrida oʻtkazildi va unda harbiy xizmatchilar, xodimlar, ularning oila aʼzolari, pensionerlar va yoshlar ishtirok etdi.
Dastavval ochiq muloqot oʻtkazilib, yurtimizdagi islohotlar va ularning hayotiy ifodasi, harbiylar hamda ularning oila aʼzolari uchun yaratilgan keng imkoniyat va imtiyozlar haqida atroflicha soʻz yuritildi.
Soʻngra soha mutaxassislari qatnashuvida murojaatlar tinglanib, ularni joyning oʻzida hal etish choralari koʻrildi va jarayonda huquqiy maslahatlar berilib, koʻrib chiqish muddat talab etadigan murojaatlar nazoratga olindi.
Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi







