Faxriylar talaba yoshlar bilan uchrashdi
2026-03-26 14:55:00 / Yangiliklar

Uchrashuv davomida faxriylar o‘zlarining sharafli hayot yo‘llari, xizmat davomidagi mashaqqat va sinovlarga boy, ammo faxrli lahzalarga to‘la faoliyati haqida samimiy so‘zlab berdilar. Ularning har bir so'zi – bu jasorat, matonat va fidoyilik timsoli bo‘lib, talaba yoshlar uchun haqiqiy hayot maktabi vazifasini o‘tadi. Ayniqsa, mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar, tinchlik va barqarorlikni saqlash yo‘lida harbiylarning qo‘shgan hissasi yoshlar qalbida chuqur taassurot qoldirdi.
Davra suhbati davomida bugungi kunda yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ta’lim, ilm-fan va kasb-hunar egallash borasidagi shart-sharoitlar alohida ta’kidlandi. Faxriylar yoshlarni ushbu imkoniyatlardan oqilona foydalanishga, bilimli, zukko va tashabbuskor bo‘lishga chaqirdilar. Ular Vatan ravnaqi aynan bilimli va fidoyi yoshlar qo‘lida ekanini alohida urg‘uladilar.
Shuningdek, harbiy xizmatchilarga yaratilgan imtiyozlar, ularning ijtimoiy himoyasi, xizmat sharoitlarini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ham batafsil ma’lumot berildi. Bu esa yoshlar orasida harbiy kasbga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi, ularni kelajakda Vatan himoyachisi bo‘lishga ilhomlantirdi.
Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob oldilar, ochiq va samimiy muloqot esa uchrashuvning yanada mazmunli o‘tishiga xizmat qildi.
Shimoli-g'arbiy harbiy okrug matbuot xizmati







