Harbiy xizmat – sharaf va mas’uliyat maktabi
2026-03-26 11:45:00 / Yangiliklar
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi qo‘mondonlikda muddatli harbiy xizmatni namunali tarzda yakunlagan askarlarga oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda qo‘shimcha ball beradigan imtiyozli tavsiyanomalar tantanali ravishda topshirildi.

Shuningdek, xizmat davomida namunali intizom va fidoyilik ko‘rsatgan askarlarning ota-onalariga tashakkurnomalar hamda muddatli harbiy xizmat davomida kasb-hunarga o‘rgatilganligini tasdiqlovchi sertifikatlar ham topshirildi.
Mazkur tadbir yoshlarning Vatanga sadoqat bilan xizmat qilgani, harbiy intizom va mas’uliyatni chuqur his etganining yana bir yorqin ifodasi bo‘ldi.





