Harbiy xizmatning ilk saboqlari berildi
2026-03-26 09:25:00 / Yangiliklar

Unda ishtirokchilarga harbiy qismning boy tarixi, uning bugungi kundagi faoliyati, jangovar va ma’naviy tayyorgarlik borasida erishilayotgan natijalar haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Ayniqsa, harbiy qism jangovar bayrog‘ining muqaddas ramz sifatidagi o‘rni, uning Vatanga sadoqat, jasorat va sharaf timsoli ekani alohida ta’kidlandi. Jangovar bayroqni asrab-avaylash va unga sodiq qolish har bir harbiy xizmatchining konstitutsiyaviy burchi ekani qat’iy uqtirildi.
Shuningdek, Vatanga qasamyodning mazmun-mohiyati keng yoritilib, uning harbiy xizmatchi hayotidagi beqiyos o‘rni ochib berildi. Qasamyodga sodiqlik harbiy intizomning asosi, askarning sha’ni va vijdon mezoni ekani ta’kidlanib, ushbu tushunchani har bir harbiy xizmatchi chuqur anglab yetishi zarurligi qayd etildi.
Tadbir jarayonida harbiy intizomni mustahkamlash, xizmat davomida belgilangan qoidalarga qat’iy rioya etish, buyruq va topshiriqlarni so‘zsiz bajarish, jamoada sog‘lom ma’naviy-ruhiy muhitni shakllantirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Tajribali ofitserlar tomonidan real xizmat jarayonida uchraydigan holatlar yuzasidan amaliy tavsiyalar berilib, yosh askarlarning savollariga atroflicha va asosli javoblar taqdim etildi.
Bundan tashqari, harbiy qism psixologlari tomonidan askarlar bilan individual va guruhli ishlash yo‘lga qo‘yilib, ularning ruhiy holatini barqarorlashtirish, xizmat sharoitlariga tezkor moslashuvini ta’minlashga qaratilgan psixologik treninglar o‘tkazildi. Mazkur mashg‘ulotlar orqali yosh harbiy xizmatchilarda ishonch, qat’iyat, irodaviy barqarorlik hamda mas’uliyat tuyg‘ularini shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Yakunda bunday ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlarning muntazam tashkil etilishi yosh harbiy xizmatchilarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning kasbiy va ma’naviy kamolotini ta’minlash hamda Qurolli Kuchlar safida xizmatni sharaf bilan ado etishga tayyorlashda muhim omil ekani ta’kidlandi.
Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati





