Muddatli harbiy xizmatchilarga imtiyozli tavsiyanomalar topshirildi
2026-03-25 20:10:00 / Yangiliklar

Yigitlarni uylariga kuzatish arafasida o‘tgan tadbirda qo‘mondonlik rahbariyati hamda faxriylar o‘z xizmat majburiyatlarini sidqidildan bajarib, hukumatimiz tomonidan qo‘yilgan vazifalarni o‘z vaqtida bajarishi natijasida xalqimizning milliy armiyamizga bo‘lgan ishonchi yanada mustahkamlanganligini ta'kidlab, yigitlik burchini munosib bajarib, uylariga yorug‘ yuz bilan qaytayotgan askarlarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi. Kelajakda ham Vatan, el-yurt uchun jonkuyar, fidoyi inson bo‘lib qolishlarini tilashdi.
Shuninglek, muddatli harbiy xizmatchilar respublika, Mudofaa vazirligi miqyosida o‘tkazilgan ko‘plab sport musobaqalarida harbiy okrug sharafini munosib himoya qilganligi va jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlarida iqlimning ekstremal injiqliklarini sabru-bardosh bilan yenggan harbiy xizmatchilar qo‘yilgan o‘quv-jangovar vazifalarni sifatli bajarishganligi alohida etirof etildi.
Tantanada muddatli harbiy xizmatchilarga oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda qo‘shimcha ball beradigan harbiy qism qo‘mondonligining imtiyozli tavsiyanomalarini topshirilib, yuqori qo‘mondonlikdan qo‘yilgan o‘quv-jangovar va maxsus topshiriqlarni bajarishda fidoyilik ko‘rsatgan, harbiy xizmatni o‘tash davrida barchaga namuna bo‘lib kelgan askarning ota-onalariga tashakkurnoma hamda faxriy yorliqlar topshirildi.
Tadbir yakunida harbiy orkestr jamoasi hamda Toshkent viloyatning taniqli san’atkorlari ishtirokida konsert dasturi namoyish etildi.




