Tavsiyanomalar bilan yangi imkoniyatlar eshigi ochildi
2026-03-25 16:00:00 / Yangiliklar

Tadbir dastlab “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” shaklida tashkil etildi. Uchrashuvda muddatli harbiy xizmatni yakunlayotgan yosh askarlar hamda Maraziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni ishtirok etdi. Qo‘mondon askarlar bilan ochiq muloqot olib borib, ularning xizmat jarayoniga oid savollariga atroflicha javob berdi hamda xizmatni yanada samarali tashkil etish bo‘yicha takliflarini tingladi.
Uchrashuv davomida qo‘mondon o‘z hayot yo‘li, harbiy xizmatdagi faoliyati va erishgan tajribalari bilan bo‘lishib, yoshlarga xizmat va shaxsiy rivojlanish yo‘lida aniq tavsiyalar berdi. Shuningdek, u harbiy intizom, mas’uliyat va kasbiy mahoratni oshirishga alohida e’tibor qaratish lozimligini ta’kidladi.
Shundan so‘ng, harbiy xizmatni namunali o‘tagan, test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan bir guruh muddatli harbiy xizmatchilarga oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomalari topshirildi. Bu tavsiyanomalar yoshlarni harbiy xizmatda erishgan yutuqlari va bilimlariga qarab taqdirlash bilan birga, ularning oliy taʼlim yo‘lida qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati









