“Og‘ir” toifadagi yoshlar bilan ishlash bo‘yicha rahbarlar tajriba almashdi
2026-03-25 15:30:00 / Yangiliklar

Mazkur tadbir Mudofaa vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida tashkil etildi va viloyatdagi Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik hamda idoralarga biriktirilgan yoshlar bilan ishlovchi mutaxassislar keng jalb etildi.
Seminar davomida rahbarlar “og‘ir” toifadagi yoshlar bilan ishlashda duch keladigan murakkab vaziyatlarni muhokama qildilar, amaliy tajribalarni almashdilar va samarali yondashuvlarni o‘rganish imkoniga ega bo‘ldi.
Ishtirokchilar yoshlarni tarbiyalash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish va murakkab oilaviy yoki ijtimoiy muhitdagi muammolarni hal qilish bo‘yicha muhim tavsiyalarni olishdi. Shu bilan birga, yoshlar bilan ishlash jarayonida ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ruhiy salomatlikni mustahkamlash va ularning ijobiy rivojlanishiga xizmat qiladigan metodlar bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar tashkil qilindi.
Seminar yakunida mas’ullar o‘zaro tajriba almashib, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha ilg‘or usullarni tatbiq etish bo‘yicha aniq choralarni belgilab olishdi.






