Harbiy xizmatni munosib o‘tagan yoshlar e’tirof etildi
2026-03-24 16:45:00 / Yangiliklar

Unda Mudofaa vazirligi faxriylar kengashi a’zolari, Toshkent shahar Yoshlar ishlari agentligi vakillari hamda Toshkent harbiy okrugi mas’ul ofitserlari ishtirok etdi.
Tadbirda fidoyilik bilan xizmat qilgan, jangovar hamda ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik yo‘nalishlarida yuqori natijalarga erishgan, yetarli bilim saviyasiga ega bo‘lgan hamda harbiy intizomi bilan boshqalarga o‘rnak bo‘la olgan harbiy xizmatchilar alohida e’tirof etildi. Ta’kidlanganidek, bunday e’tibor va rag‘bat yoshlarning bilim olishga bo‘lgan intilishini yanada oshirish, ularni kelajakda yurt ravnaqi yo‘lida munosib kadrlar bo‘lib yetishishlariga xizmat qiladi.
Tavsiyanomalar jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlarida faol qatnashgan, harbiy nizom-talablariga qat’iy amal qilgan hamda xizmat davomida o‘zining intizomi, bilim va salohiyati bilan ajralib turgan eng munosib askarlarga topshirildi.
Eslatib o‘tamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtagan fuqarolarga berilgan tavsiyanomalar, ular berilgan sanadan boshlab uch yil mobaynida amal qiladi.
Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati









