Yana bir sharafli yo‘l bosib o‘tildi
2026-03-24 16:35:00 / Yangiliklar

Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda so‘nggi yillarda harbiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, muddatli harbiy xizmatni o‘tagan yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida alohida to‘xtalib o‘tdi. Ta’kidlanganidek, harbiy xizmatni sidqidildan o‘tagan yigitlarga oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda qator imtiyozlar berilmoqda.
Marosimda askarlarga oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun tavsiyanomalar tantanali ravishda topshirildi. Mazkur tavsiyanomalar yoshlarning kelajakda bilim olib, yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek, tadbirda xizmat davomida intizomi, fidoyiligi va namunali xulqi bilan ajralib turgan harbiy xizmatchilar rag‘batlantirildi. Harbiy qism rahbariyati tomonidan ularga kelgusi hayot yo‘lida muvaffaqiyatlar tilandi.
Yakunda askarlar Vatan himoyasi yo‘lida orttirgan tajriba va saboqlarini kelgusida ham munosib davom ettirishlarini bildirib, yurt tinchligi va ravnaqi yo‘lida xizmat qilishga doim tayyor ekanini ta’kidlashdi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti





