“Harbiy qism yettiligi” tomonidan ochiq muloqot tashkil etildi
2026-03-23 18:30:00 / Yangiliklar

Qism madaniyat markazida istiqbolli rejalarni belgilab olish hamda harbiy qism faoliyatiga ko‘mak berish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida ochiq muloqot yig‘ilishi tashkil etildi. Unda “harbiy qism yettiligi” a’zolari, harbiy xizmatchilar hamda ularning oila a’zolari ishtirok etdi.
Muloqot davomida davlatimiz tomonidan harbiy xizmatchilar uchun yaratilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar, ularning ijtimoiy himoyasi, xizmat faoliyatiga oid dolzarb masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, harbiy xizmatchilar oila a’zolarini qiziqtirgan savollar yuzasidan atroflicha fikr almashildi hamda bildirilgan taklif va mulohazalar tinglandi.
Yig‘ilishda “harbiy qism yettiligi” zimmasiga yuklatilgan vazifalar va ularning ijrosini samarali tashkil etish yuzasidan o‘zaro kelishuvga erishildi. Shu bilan birga, “mahalla yettiligi”ning ijobiy tajribasini chuqur o‘rganish va uni harbiy qismlarda keng targ‘ib etish maqsadida turli uchrashuvlar hamda davra suhbatlarini o‘tkazish rejalashtirildi.
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati



