Mard va jasur o‘g‘lonlarga yuksak ishonch bildirildi
2026-03-23 16:20:00 / Yangiliklar
Yurt sarhadlari dahlsizligini ta’minlash, Ona Vatanga sidqidildan xizmat qilish har bir yurt o‘g‘lonining muqaddas burchi. Ana shunday sharafli vazifaga munosib topilish va milliy armiyamiz posboni degan yuksak nomga ega bo‘lish har bir er yigitning ko‘ksida cheksiz g‘urur va iftixor uyg‘otadi.

Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetida bir yil mobaynida muddatli harbiy xizmatni sharaf bilan o‘tagan va shu muddat ichida, yurtimizning tinchligi va osoyishtaligi yo‘lida hamda milliy armiyamizning yuqori jangovar shayligini saqlab turishda bor kuch-g‘ayratini safarbar aylagan mard yigitlarni kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda so‘z olganlar mard va jasur o‘g‘lonlarga ishonch bildirib, ularning kelajakdagi hayot yo‘llariga omad va zafarlar tilashdi.
Shundan so‘ng test sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan muddatli harbiy xizmatchilarga oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishlarida ko‘mak beruvchi imtiyozli tavsiyanomalar berildi.




