“Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqasining Surxondaryo viloyati bosqichi yuqori saviyada o‘tdi
2026-03-23 16:10:00 / Yangiliklar

Ushbu viloyat bosqichida shahar va tumanlaridan saralab olingan 15 ga yaqin jamoalar turli shartlar asosida bellashuvlarga kirishdi. Jamoa a’zolari 7 nafar o‘g‘il va 3 nafar qizdan iborat bo‘lib, ishtirokchilar jismoniy, ma’naviy hamda psixologik tayyorgarligini sinab olishdi.
Do‘stona raqobat va yuqori darajada o‘tgan shartlar davomida alohida ko‘rsatkichlarga erishgan o‘quvchi-yoshlar va jamoalar “Eng kuchli sportchi”, “Amir Temur tuzuklari bilimdoni” va “Eng yaxshi mergan” kabi bir qator nominatsiyalar bo‘yicha ham mukofotlandi.
Shartlar yakuniga ko‘ra, Denov tumani “Turon yo‘lbarslari” jamoasi faxrli uchunchi, Qumqo‘rg‘on tumani “Janub sarhadlari” jamoasi ikkinchi, Saraosiyo tumani yoshlaridan iborat “Vatanparvarlar” jamoasi esa barcha raqiblarini ortda qoldirib, faxrli birinchi o‘rinni egalladi va Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
G‘olib va sovrindorlarga diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirildi. Musobaqada birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoa respublika bosqichida Surxondaryo viloyati sharafini himoya qiladi.
III darajali serjant Akbar Ahmedov, Termiz garnizoni









