Harbiy qism yettiligi tizimi faoliyatiga jiddiy e’tibor qaratilmoqda
2026-03-19 18:15:00 / Yangiliklar

Mazkur tizim faoliyatini samarali tashkil etish, joylarda amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish va amaliy ko‘mak ko‘rsatish maqsadida Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonining o‘rinbosari boshchiligida “Nazorat va ko‘maklashuv guruhi” tuzildi. Ushbu guruh hozirgi kunda o‘z faoliyatini Farg‘ona viloyatida joylashgan harbiy qismlarda olib bormoqda.
O‘rganish ishlari mobaynida harbiy qismda xizmatni tashkil etishning yangicha tizimi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda barcha toifadagi harbiy xizmatchilar bilan olib borilayotgan ish faoliyat atroflicha o‘rganilib, tahlil qilib borilmoqda.
O‘rganishlar avvalida “Harbiy qism yettiligi” a’zolari va “Nazorat va ko‘maklashuv guruhi” ishtirokida xizmat yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda harbiy qismning joylashuvi, xizmat faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hamda jarayonlar davomida bajarilishi lozim bo‘lgan va rejalashtirilgan barcha tadbirlar tanqidiy tarizda muhokama etildi. Shuningdek, yig‘ilish davomida yo‘nalishlar kesimida ishchi guruh a’zolari uchun alohida ish rejasi ishlab chiqilib, tizim faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha aniq va progmatik rejalar belgilab berildi.
Bu kabi olib borilaytgan tizimli ishlar harbiy xizmatchilaning mavjud muammolrini o‘z vaqtida bartaraf etish ularga yetarlicha shart-sharoitlar yaratib berilishida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi matbuot xizmati




