“Mudofaa vaziri kubogi” ni g‘oliblari aniqlandi
2026-03-19 17:55:00 / Yangiliklar

Mudofaa vazirligi sport markazida sportning milliy kurash turi boʻyicha “Mudofaa vaziri kubogi” uchun musobaqa oʻtkazildi. Unda vazirlik qoʻshinlari miqyosida faoliyat yuritayotgan harbiy xizmatchilar 8 ta vazn toifasida bellashdi. Musobaqa shaffof va adolatli boʻlishi uchun milliy kurash federatsiyasidan mataxassislar hakam sifatida jalb etildi.
Murosasiz va shiddatli oʻtgan Mudofaa vaziri kubogi uchun oʻtkazilgan musobaqada umumjamoa hisobida 1-oʻrin Markaziy harbiy okrugi jamoasiga qoʻlga kiritgan boʻlsa, 2-oʻrinni Toshkent harbiy okrugi jamoasi zabt etishdi. 3-oʻringa Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrugi jamoasi loyiq ekanligi koʻrsatdi. Gʻoliblar diplom medal va mudofaa vaziri kubogi sohibi boʻlishdi.
Shuningdek, azaliy anʼanalarga sodiq qolgan holda Navroʻz bayrami arafasida oʻtkaziladigan milliy sport turlari boʻyicha doʻstona musobaqalar tashkillashtirildi. Unda harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari darts, arqon tortish, kamondan otish, mini futbol, tosh koʻtarish, shashka va shaxmat yoʻnalishlari boʻyicha musobaqaga kirishdi. Doʻstona oʻtgan musobaqa barchaga birdek kayfiyat ulashdi. Yakunda gʻolib va sovrindorlardan tashqari, ishtirok etgan barcha bolajonlar esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti







