Muloqot, imkoniyat va amaliy ko‘mak maydoni
2026-03-19 16:00:00 / Yangiliklar

Tadbirga Toshkent shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi rahbariyati, hokimlik, mahalla yoshlar yetakchilari va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organi vakillari ishtirok etdi.
Dastlab mehmonlar qo‘mondonlikda maxsis tashkil etilgan harbiy tarix va “Yangi O‘zbekiston” muzeylari bilan yaqindan tanishtirildi.
Uchrashuvda so‘zga chiqqanlar mamalakatimizda yoshlar uchun yaratilgan imkoniyat, qulayliklar va shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumotlar berdi. Shu bilan birga, bugungi kunda yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan salbiy holatlarga ham alohida to‘xtalib o‘tildi.
Samimiy suhbat tarzida kechgan tadbirda yigit-qizlarning qiziqishlari va kelajakdagi rejalari haqida suhbatlar olib borildi. Yoshlarning takliflaridan kelib chiqqan holda kelajakda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan rejalar belgilandi.
Bu kabi tashkil etiladigan tadbirlar yoshlar qalbida harbiy vatanparvarlik tuyg’ularini yanada rivojlantirishda va ular o‘rtasidagi salbiy holatlarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi matbuot xizmati









