Do‘stona raqobat, katta orzular — yangi g‘alabalar sari!
2026-03-19 10:45:00 / Yangiliklar

Tanlovda Jizzax shahridagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10–11-sinf o‘quvchilari, “Vatan tayanchi” otryadlari a’zolari ishtirok etdi. Musobaqa dasturiga muvofiq, ishtirokchilar o‘z bilim, tafakkur, jismoniy tayyorgarlik va harbiy-amaliy ko‘nikmalarini namoyon etdi.
Xususan, “Bilimdonlar” va “Smart sardor” shartlari orqali o‘quvchilarning bilim va tafakkuri, “Vatan madhi” va safda qo‘shiq aytish orqali vatanparvarlik tuyg‘ulari baholandi. Jismoniy tayyorgarlik esa “Turnikda tortilish” va “Press” mashqlari bilan sinovdan o‘tkazildi.
Harbiy-amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan “AK-74 avtomatini noto‘liq qismlarga yoyib-yig‘ish”, “Harbiylashtirilgan estafeta”, “Merganlar bellashuvi” va “Arqon tortish” shartlari ishtirokchilarning tezkorligi, epchilligi va jamoaviy hamjihatligini namoyish etdi. Ayniqsa, “Jabrlanuvchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish” sharti yoshlarning favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qildi.
Musobaqa jarayonlari malakali mutaxassislar tomonidan shaffof va xolis baholab borildi. Natijalar adolat tamoyillari asosida aniqlanib, quyidagicha taqdirlandi:
- G‘allaorol tumani jamoasi — 1-o‘rin;
- Paxtakor tumani jamoasi — 2-o‘rin;
- Arnasoy tumani jamoasi — 3-o‘rin.
Yakunda g‘olib va sovrindor jamoalar diplomlar va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati









