“Qalqon” jamoatchilik guruhlari bellashdi
2026-03-19 10:20:00 / Yangiliklar

Musobaqa davomida ishtirokchilar kamondan otish, tosh ko‘tarish, harbiy estafeta, qurolni qismlarga ajratish va yig‘ish hamda arqon tortish kabi yo‘nalishlarda o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazishdi. Har bir bellashuv yuqori ruh, kuchli raqobat va murosasiz kurashlar ostida kechdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti jamoasi 3-o‘rinni, Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti jamoasi 2-o‘rinni egalladi. Faxrli 1-o‘rin esa Termiz davlat universiteti yoshlariga nasib etdi.
Musobaqa g‘oliblari va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan diplom, faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari bilan tantanali ravishda taqdirlandi.
III darajali serjant Akbar AXMEDOV,
Termiz garnizoni.









