Sadoqat hissini kuchaytirgan avlodlar uchrashuvi
2026-03-18 11:25:00 / Yangiliklar

Tadbir davomida Vatan himoyasini muqaddas burch deb bilgan, o‘z hayotini harbiy xizmatga bag‘ishlagan faxriylar so‘zga chiqib, o‘zlarining sharafli xizmat yo‘li, bosib o‘tgan sinovli davrlar, erishilgan yutuqlar va mardonavor jasorat namunalari haqida so‘zlab berdilar. Ularning hayotiy tajribasi yosh askarlar qalbida chinakam vatanparvarlik tuyg‘ularini uyg‘otib, ularni yuksak maqsadlar sari ruhlantirdi.
Uchrashuv davomida bugungi kunda mamlakatimizda Qurolli Kuchlar salohiyatini mustahkamlash, harbiy xizmatchilar uchun munosib xizmat va yashash sharoitlarini yaratish, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida batafsil ma'lumotlar berildi.
“Uch avlod uchrashuvi” nafaqat tajriba almashish, balki avlodlar o‘rtasida uzviylikni ta’minlash, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhini singdirish, askarlarda mas’uliyat va burchga sadoqat hissini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Shimoli-g'arbiy harbiy okrug matbuot xizmati




