Janubda ham bayram tadbirlari yuqori saviyada tashkil qilindi
2026-03-18 10:50:00 / Yangiliklar

Dastlab kuch tuzulmalar harbiy xizmatchilari, otliq bo‘linma va harbiy orkestr jamoasi tuman markaziy ko‘chalari bo‘ylab piyoda yurib, bayram tadbirlari bo‘lib o‘tayotgan manzilga kirib kelishdi.
Bayram tadbirlarida harbiy xizmatchilar va ularning oila a'zolari, tuman aholisi, nuroniylar, yoshlar hamda turli tashkilot va muassasalar vakillari faol ishtirok etib, milliy urf-odatlarimizni tarannum etuvchi sahna ko‘rinishlari, kuy-qo‘shiqlar va folklor chiqishlarini namoyish etishdi.
Ayniqsa, milliy taomlar ko‘rgazmalari, sport musobaqalari hamda hunarmandchilik mahsulotlari namoyishi bayramga alohida fayz bag‘ishladi.
Tadbir davomida yurtimizda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalik, xalqimizning hamjihatligi va mehr-oqibati yana bir bor namoyon bo‘ldi. Bayram shukuhi ostida barcha ishtirokchilar bir-birlarini qutlab, ezgu tilaklar bildirishdi.
Navro‘z tantanalari xalqimizning qadimiy an’analari, milliy qadriyatlari va inson qadrini ulug‘lashga xizmat qilayotgani bilan alohida ahamiyat kasb etdi.
Bayram sayllari viloyatning boshqa shahar va tumanlarida ham bo‘lib o‘tmoqda.
III darajali serjant Akbar AXMEDOV,
Termiz garnizoni





