Navro‘z — ko‘ngillarga nur, qalblarga mehr baxsh etgan ayyom
2026-03-18 10:45:00 / Yangiliklar

Ana shunday ezgu an’analar ruhida Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug tomonidan Qashadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanidagi Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markaziga sovg‘a-salomlar ulashildi. Maskan ahli uchun tashkil etilgan bayramona tadbirda so‘z olganlar barchani go‘zallik nafosat ayyomi bilan tabriklab, yurt tinchligini tilab duolar qilishdi.
Bayram dasturining badiiy qismi ham alohida ko‘tarinkilik bilan o‘tdi. Qarshi garnizoni harbiy orkestri hamda viloyat madaniyat markazi san’atkorlari ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlab, qalblarda bayram shavqini yanada kuchaytirdi. Jarangdor ohanglar va dilbar qo‘shiqlar tadbirga o‘zgacha fayz kiritdi.
Shuningdek, bezatilgan bayramona dasturxon atrofida samimiy suhbatlar qurilib, mehr-oqibat va insoniylik qadriyatlari yana bir bor namoyon bo‘ldi.
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati








