Sertifikatlar o‘z egalariga topshirildi
2026-03-17 19:55:00 / Yangiliklar

Mutaxassislarni tayyorlash o‘quv kursining mashg‘ulotlarida asosiy e'tibor amaliy mashqlarni bajarishga qaratildi.
Dastlab Markazda tayyorlangan zotdor xizmat itlari mutaxassis-kinologlarga biriktirildi. O‘quv kursi davomida harbiy xizmatchilarga kinolog va xizmat itlarini himoya-qorovul va iz qidiruv yo‘nalishi bo‘yicha tayyorlash hamda xizmat itlarini jangovar qo‘llash tartibini o‘rgatish maqsadida maxsus veterinariya tayyorgarlik fanlari o‘tildi.
Xususan, o‘quv kursida mutaxassis-kinologlar bilan xizmat iti o‘rtasida mustahkam aloqa o‘rnatish bo‘yicha nazariy bilim hamda xizmat itlarini boshqarish, himoya-qorovul va iz qidiruv yo‘nalishlari bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berildi. Kursning yakuniy qismida esa mutaxassis-kinologlar xizmat itlari bilan nazariy va amaliy sinovlar o‘tkazdi.
Dastlabki o‘quv kurslarini tamomlagan mutaxassis-kinologlarga sertifikatlar, shuningdek, namunali o‘zlashtirgan bir guruh harbiy xizmatchilarga navbatdagi harbiy unvonlar ham topshirildi.








