Harbiy xizmatchilar farovonligi – ustuvor vazifa
2026-03-16 19:25:00 / Yangiliklar

Unga ko‘ra dastlab, mahalla yetiligi faoliyati o‘rganildi va harbiy xizmatchilarning oilaviy sharoitlarini chuqur o‘rganish, ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda muammoli oilalarni aniqlash va ularni qo‘llab-quvvatlash masalalari yettilik tomonidan batafsil muhokama qilib olindi. Mutasaddilar tomonidan har bir harbiy xizmatchining yashash sharoiti, turmush darajasi hamda oila a’zolarining ehtiyojlari o‘rganilib, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi va tegishli mas’ullar zimmasiga aniq topshiriqlar yuklatildi.
Harbiy xizmatchilarning farovon hayoti va oilalarining ijtimoiy himoyasi Qurolli Kuchlar tizimida ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Shu bois, harbiy qism komandirlari boshchiligida harbiy xizmatchilarning yashash va turmush sharoitlari muntazam ravishda o‘rganib chiqilib, aniqlangan muammolarni hal etish bo‘yicha tizimli choralar ko‘rilmoqda.
Bunday o‘rganishlar albatta harbiy jamoalarda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, harbiy xizmatchilarning xizmatga bo‘lgan mas’uliyati va ishtiyoqini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati







