Buxoroda ham sara o‘g‘lonlar Vatan himoyasiga otlandi
2026-03-16 18:40:00 / Yangiliklar

Marosimda Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘mondonligi, viloyat hokimligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, faxriylar, yoshlar, askarlarning oila a’zolari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. So‘z olganlar jasur o‘g‘lonlarga harbiy xizmati davomida intizomli, ziyrak bo‘lishga, beriladigan har bir bilim-ko‘nikmalarni mukammal o‘rganib Vatanparvarlik namunasini ko‘rsatishlariga ishonch bildirishdi.
Jarayonlarni kuzatib turgan ota-onalar dilida farzandi kamolidan g‘urur va Vatan himoyachisini ulg‘aytirganidan faxr hissini tuyganlari shubhasiz. Oldinda askarlarni bir yil davomida jangovar hamda ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik mashg‘ulotlari, hunar saboqlari singari muhim vazifalar kutib turibdi. Bu kabi ko‘nikmalar har bir yigitni mukammal shaxs sifatida tarbiyalab, oldindagi hayoti uchun malaka maktabi vazifasini o‘taydi.
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati







