Adashgan yo‘ldan to‘g‘ri yo‘l sari undagan uchrashuv
2026-03-16 18:40:00 / Yangiliklar

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi vakillari, Yoshlar ishlari agentligi mutaxassislari, harbiy xizmatchilar va faxriylar ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida so‘zga chiqqanlar Vatan tinchligi, yurt ravnaqi va xalq farovonligi har bir fuqaroning muqaddas burchi ekanini ta’kidlab, hayotda yo‘l qo‘yilgan xatolardan to‘g‘ri xulosa chiqarib, yangi hayot boshlash orqali jamiyatga foydali inson bo‘lib yetishish mumkinligi haqida fikr bildirdilar.
Faxriylar va harbiy xizmatchilar o‘z xizmat faoliyati davomida orttirgan tajribasi, Vatan himoyasi yo‘lidagi fidoyilik hamda yurt tinchligini asrash naqadar sharafli va mas’uliyatli vazifa ekanligi haqida hayotiy misollar keltirishdi.
Ochiq va samimiy muloqot ruhida o‘tgan tadbir jazoni ijro etayotgan shaxslarda vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, ularni kelgusida jamiyatga foydali inson bo‘lib qaytishga undashga xizmat qildi.
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati




