Qo‘mondon harbiy qismga yangi kelgan askarlar bilan uchrashdi
2026-03-16 15:35:00 / Yangiliklar

Shu maqsadda Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni va muddatli harbiy xizmatga yangi kelgan askarlar ishtirokida samimiy va mazmunli uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida okrug qo‘mondoni askarlarni hayotning muhim maktabi — harbiy xizmatga qadam qo‘ygani bilan samimiy tabriklab, bu maskan yigitlar uchun matonat, iroda va jasoratni charxlaydigan, insonni haqiqiy vatanparvar etib tarbiyalaydigan ulug‘ maktab ekanini alohida ta’kidladi.
Uchrashuv davomida askarlarga xizmat jarayonida yaratilgan keng imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Xususan, muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan yigitlar xizmat davomida turli kasb-hunarlarni egallash, bilim va malakalarini oshirish, shuningdek, oliy ta’lim muassasalariga kirish imkoniyatlariga ega ekanligi alohida qayd etildi. Oliy ta’limga qabul qilish tartiblari, imtiyozlar hamda harbiy xizmatni o‘tab kelgan yoshlar uchun yaratilgan qulayliklar haqida ham tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, mamlakatimiz Qurolli Kuchlari Oliy Bosh Qo‘mondoni — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan harbiy sohada olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar, armiyaning salohiyatini mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslar haqida ham atroflicha so‘z yuritildi.
Ushdu uchrashuv askarlarning xizmatga bo‘lgan ishonchi va mas’uliyatini yanada oshirgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.
Shimoli-g'arbiy harbiy okrug matbuot xizmati




