“Navro‘zni ulug‘lash – insonni ulug‘lashdir!” — Surxondaryoda bayram sayillari davom etmoqda
2026-03-16 09:20:00 / Yangiliklar

Bayram tadbirlarida nuroniylar, harbiylar va ularning oila a'zolari, yoshlar hamda turli tashkilot va muassasalar vakillari faol ishtirok etib, milliy urf-odatlarimizni tarannum etuvchi sahna ko‘rinishlari, kuy-qo‘shiqlar va folklor chiqishlari hamda harbiy xizmatchilarning jangovar chiqishlari namoyish etildi. Ayniqsa, harbiy orkestr jamoasi vatanni madh etuvchi kuy qo‘shiqlari, harbiylar va ularning oila a'zolari hamda farzandlari ishtirokida milliy taomlar ko‘rgazmalari, sport musobaqalari va hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmalari bayramga alohida fayz bag‘ishladi.
Tadbir davomida yurtimizda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalik, xalqimizning hamjihatligi va mehr-oqibati yana bir bor namoyon bo‘ldi. Bayram shukuhi ostida barcha ishtirokchilar bir-birlarini qutlab, ezgu tilaklar bildirishmoqda.
Navro‘z tantanalari xalqimizning qadimiy an’analari, milliy qadriyatlari va inson qadrini ulug‘lashga xizmat qilayotgani bilan alohida ahamiyat kasb etmoqda.









