Jizzaxda "Ajdodlar izidan" intellektual tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi
2026-03-15 13:40:00 / Yangiliklar

Tanlovda 14 ta jamoa 5 ta kitob asosida bahslashishdi. Kitoblar qatorida Odil Yoqubovning “Ulug‘bek xazinasi” tarixiy romani, Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” qissasi, Jyul Vernning “O‘n besh yoshli kapitan” sarguzasht romani kabi asarlar taqdim etildi.
Tanlov nizomi bo‘yicha har bir savolga 50 soniya vaqt ajratilib, javoblar yozma ravishda taqdim etildi. To‘g‘ri javoblar uchun ballar berilib, noto‘g‘ri yoki taqdim etilmagan javoblar uchun jarima ballari belgilandi. Jamoa sardorlari o‘yin davomida o‘z jamoalarini qayta tiklash yoki raqib jamoalarni chetlatish huquqiga ega edilar.
Yakuniy natijalar bo‘yicha 1-o‘rinni Jizzax garnizonidagi "Qalqon" jamoasi egallab, tanlovning keyingi bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
G‘olib va sovrindor jamoalar O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi va Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limining diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati









