Vatan himoyasidan ilm sari yo‘l
2026-03-14 20:15:00 / Yangiliklar

Unda xizmat davomida intizomi, faolligi va fidoyiligi hamda test sinovlaridan muvofaqqiyatli o‘tgan askarlar oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalar ega bo‘lishdi.
Tadbirda Mudofaa vazirligining mas’ul ofitserlari, Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi, harbiy qism rahbariyati hamda harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.
So‘zga chiqqanlar yoshlarning oldindagi maqsadlari sari dadil qadam tashlashi uchun barcha imkoniyatlar mavjudligini aytib, buning uchun faqat ilm egallash talab qilinayotganini alohida ta’kidlashdi va ularga kelgusi ta’lim va hayot yo‘lida muvaffaqiyatlar tilandi.
Mazkur tavsiyanomalar yoshlarning oliy ta’limga kirishida muhim imkoniyat bo‘lib, ularni bilim olishga va Vatan ravnaqi yo‘lida munosib hissa qo‘shishga undaydi.
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati








