“Dolzarb 40 kunlik” doirasida profilaktik tadbiri tashkil etildi
2026-03-14 10:55:00 / Yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti hamda Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligiga qarashli harbiy qismda Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida yo‘l transport hodislarini oldish maqsadida o‘tkazilayotgan “Dolzarb 40 kunlik” doirasida profilaktik tadbirlar tashkil etildi.

Unda Mudofaa vazirligi Harbiy avtomobil nazorati, Toshkent harbiy prokuraturasi hamda yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, harbiy xizmatchilar tomonidan transport vositalarini boshqarish jarayonida amaldagi qoidalarga qat’iy rioya etish hamda haydovchilik guvohnomalari va boshqaruv hujjatlarini tekshirish ishlari amalga oshirildi.
Shuningdek, mutaxassislar tomonidan yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilib, ehtiyotsizlik oqibatida yuzaga kelayotgan yo‘l-transport hodisalari va uning salbiy oqibatlari haqida tushuntirishlar berib o‘tishdi.






