Xorazmda chaqiriluvchilar muddatli harbiy xizmatga tantanali kuzatildi
2026-03-14 09:25:00 / Yangiliklar

Tantanali kuzatuv tadbirida Xorazm viloyati hokimi, Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘mondonligi, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari hamda chaqiriluvchilarning ota-onalari ishtirok etdi.
Marosimda so‘zga chiqqanlar ota-onalarga farzandlarini Vatanga sadoqatli, jasur va mas’uliyatli insonlar sifatida tarbiyalaganliklari uchun samimiy minnatdorchilik bildirdi. Shuningdek, Vatan himoyasi har bir yigit uchun sharafli va mas’uliyatli burch ekani alohida ta’kidlashdi.
Ota-onalar ham farzandlariga ezgu tilaklarini bildirib, ularni sharafli vazifaga tayyorlash jarayonida yaratilgan sharoitlar uchun minnatdorchilik izhor etdi. Faxriylar esa chaqiriluvchilarni matonatli, intizomli bo‘lishga hamda harbiy xizmat davomida o‘zlarini munosib namoyon etishga chaqirdi.
Marosim yakunida chaqiriluvchilarga zaruriy ehtiyoj anjomlari va shaxsiy gigiyena vositalari topshirildi. Shundan so‘ng yoshlar oila a’zolari bilan samimiy xayrlashib, Vatan himoyasi safida xizmat qilish uchun yo‘l oldi.
Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati









