“Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!”
2026-03-13 20:45:00 / Yangiliklar

Xususan, Mudofaa vazirligi Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligiga qarashli barcha harbiy qismlarda ham keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.
Jumladan, Navoiy viloyatining Zarafshon shahri, Farg‘ona viloyatining Farg‘ona shahri hamda Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida joylashgan harbiy qismlarda harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari, mahalliy hokimlik vakillari, nuroniylar, yoshlar hamda keng jamoatchilik ishtirokida “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida umumxalq xayriya hashari tashkil etildi.
Hashar davomida harbiy shaharchalar, ziyoratgohlar hamda shahar atrofidagi hududlarda obodonlashtirish ishlari olib borildi. Xususan, ariqlar tozalandi, daraxt va gul ko‘chatlari parvarish qilindi, hududlarni tartibga keltirish hamda tozalash ishlari amalga oshirildi.
Mazkur ezgu tadbir aholining birdamligi va hamjihatligini mustahkamlash, shuningdek, yurt ravnaqi va obodligiga bo‘lgan daxldorlik tuyg‘usini yanada oshirishga xizmat qildi.







