Qashqadaryoda ham harbiylar ommaviy hasharlarda faol qatnashdi
2026-03-13 18:45:00 / Yangiliklar
Respublikamiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hashari Qashqadaryoda ham yuqori shukuhda davom ettirildi. Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Qarshi shahrida joylashgan harbiy qismlarda ham bugun tozalash va obodonlashtirish ishlari olib borildi.

Maydonlardagi o‘tlar yig‘ilib, o‘rni yumshatildi. Daraxtlarga ishlov berilib, oqlandi. Ariq va yo‘laklar tozalanib, yashil maydonlar sug‘orildi. Bir so‘z bilan aytganda, barcha joylar obod va ozoda holga keltirildi.
Hashar ishlari harbiylar, Qurolli Kuchlar xizmatchilari hamda muddatli harbiy xizmatchilar bilan hamjihatlikda amalga oshirildi. Unda harbiy xizmatchilarning oila a’zolari ham faol qatnashib, obodlikka o‘z hissalarini qo‘shdilar.
“Hashar – elga yarashar” iborasi bejiz aytilmagan. Barcha bir bo‘lib manzillarni obod qilishdek xayrli ish uchun bel bog‘lagani nafaqat obodlik, balki qadim odatlar barhayotligi uchun ham xizmat qiladi.
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati




