Ko‘chat ekib, hududni bezash — birdamlik ramzi
2026-03-13 18:00:00 / Yangiliklar

Tadbir davomida harbiy xizmatchilar va mahalla aholisi birgalikda hududlarni tozalash, mevali va manzarali ko‘chatlar ekish, shuningdek, mavjud gulzor va daraxtzorlarni parvarishlash bo‘yicha ishlarni faol amalga oshirdi.
Universitet hududida tashkil etilgan hasharda harbiy xizmatchilar faollik bilan ishtirok etib, hududni tartibga keltirish, yashil maydonlarni kengaytirish, gulzorlarni parvarishlash va daraxtlarni sug‘orish kabi ko‘plab muhim ishlarni amalga oshirdi. Tadbir nafaqat universitet hududining estetik va ekologik obodligini ta’minladi, balki harbiy xizmatchilarning jamiyat hayotida faol ishtirok etishi, ijtimoiy mas’uliyatini va yetakchilik qobiliyatlarini namoyish etishi sifatida e’tirof etildi.
Mahallalarda ham davom etayotgan hasharda aholi bilan hamkorlikda hududlar yanada yashil va obod makonga aylantirildi. Ko‘chat ekish va hududlarni tozalash ishlari orqali mahallalar nafaqat go‘zal ko‘rinish kasb etdi, balki atrof-muhitni asrash, yashil hududlarni kengaytirish va ekologik ongni oshirishga xizmat qilmoqda.
Darhaqiqat, Navro‘z bayrami arafasida tashkil etilgan hasharda mahalla va harbiy xizmatchilar o‘rtasidagi birdamlik va ijtimoiy hamkorlik yanada mustahkamlandi. Tadbir, shuningdek, yoshlarni tabiatni asrashga, jamiyatning obodligini ta’minlashga jalb qilish, shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy qadriyatlarni mustahkamlashga qaratilgan muhim tashabbus sifatida namoyon bo‘ldi.
Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti matbuot xizmati





