Yo‘l-transport hodisalarining oldini olish dolzarb vazifa
2026-03-13 16:30:00 / Yangiliklar

Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan ehtiyotsizlik va beparvolik oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yo‘l-transport hodisalari, ularning salbiy oqibatlari haqida batafsil tushuntirish ishlari olib borildi. Transport vositalarini boshqarishda hushyorlikni yo‘qotmaslik, yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya etish hamda har qanday vaziyatda ehtiyotkorlikni saqlash zarurligi alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, joylarda yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida haydovchilik guvohnomalari va transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi boshqa zarur hujjatlar tekshirildi.
Profilaktik tadbirlar doirasida haydovchilik madaniyati va yo‘l harakati xavfsizligi qoidalarini yanada chuqurroq anglash maqsadida maxsus videoroliklar ham namoyish etildi. Ushbu ko‘rgazmali materiallar orqali harbiy xizmatchilar xavfsiz haydashning ahamiyati, yo‘l harakati qoidalariga amal qilishning inson hayoti va sog‘lig‘ini asrashdagi o‘rni haqida muhim ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Ta’kidlash joizki, bunday profilaktik tadbirlar harbiy xizmatchilarning shaxsiy xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish hamda garnizon hududlarida yo‘l harakati madaniyatini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati



