Umumxalq hashari — bunyodkorlik, hamjihatlik va vatanparvarlik ifodasi
2026-03-13 16:25:00 / Yangiliklar

Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug hududlarida tashkil etilgan “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi” shiori ostidagi umumxalq xayriya hashari ana shunday ezgu tashabbuslarning yorqin ifodasidir.
Hashar doirasida harbiy qism va muassasalar, harbiy shaharchalar, mahallalar, ijtimoiy obyektlar hamda jamoat hududlarida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Xususan, hududlar tozalanib, yo‘l-yo‘lakaylar tartibga keltirilmoqda, daraxt va butalar oqlanib, yangi nihollar ekildi. Turar-joylar atrofi, bolalar maydonchalari, ta’lim va tibbiyot muassasalari hududlari obodonlashtirilib, atrof-muhit yanada fayzli va ko‘rkam ko‘rinishga keltirildi.
Umumxalq hashari nafaqat obodonlashtirish tadbiri, balki xalqimizga xos mehr-oqibat, hamjihatlik va birdamlik qadriyatlarining amaliy ifodasi sifatida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Yurt obodligi yo‘lida amalga oshirilayotgan bunday ezgu ishlar har bir fuqaroda ona zamin taqdiri uchun daxldorlik hissini kuchaytirib, vatanparvarlik, bunyodkorlik va mas’uliyat tuyg‘ularini yanada mustahkamlaydi.
Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati






