Farg‘onada vatanparvar yoshlar bellashdi
2026-03-13 16:10:00 / Yangiliklar

Musobaqa davomida yoshlar bir qator sinovlarda o‘z bilim va mahoratini namoyon etdi. Jumladan, “Harbiy estafeta”, “Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish”, “Merganlik mahorati”, “Saf qo‘shiqlari” hamda “Temur tuzuklari bilimdoni” kabi shartlar bo‘yicha jamoalar o‘rtasida qizg‘in va murosasiz bahslar kechdi. Har bir bosqich o‘quvchilarning jismoniy chiniqqanligi, harbiy bilimlari, chaqqonligi va jamoaviy hamkorligini sinovdan o‘tkazdi.
Ta`kidlash kerakki, mazkur musobaqa yoshlar qalbida Vatanga sadoqat, harbiy xizmatga hurmat va yurt himoyachisi bo‘lish mas’uliyatini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, 25-maktab jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritib, musobaqaning navbatdagi bosqichida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ldi. Faol ishtirokchilar munosib rag‘batlantirildi.
Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati







