Hashar yurtga obodlik, harbiy qismlarga saxovat nurini sochmoqda
2026-03-13 15:25:00 / Yangiliklar
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz va Xayrobod garnizonlarida joylashgan harbiy qism va muassasalar hamda harbiy shaharchalarda "Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi" shiori ostida umumxalq xayriya hashari uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda.

Erta tongdan harbiy qism va muassasalar hamda harbiy shaharchalar hududi, yo‘laklar, binolar va ko‘p qavatli uy-joylar atrofida boshlangan obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari ko‘tarinki ruhda olib borilmoqda.
Buyuk ajdodlarimizning xoki mangu qo‘nim topgan muqaddas qadamjolar, mahallalardagi qabristonlar tartibga keltirilib, bo‘sh turgan yerlarga turli daraxt va gul ko‘chatlari ekilib, mavjudlariga shakl berilib, oqlanmoqda.
Garnizonlarda o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hasharlarida barcha harbiy xizmatchilar, ularning oila a’zolari va Qurolli Kuchlar xizmatchilari ishtirok etmoqda.
III darajali serjant Akbar Ahmedov,
Termiz garnizoni.








