Har bir yosh davlat himoyasida
2026-03-13 14:50:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Toshkent shahar Bosh boshqarmasi rahbariyati, mahalliy hokimlik vakillari hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar mutasaddilari ishtirok etdi. Tadbir davomida mutasaddilar yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot olib borib, ularni qiynayotgan masalalar hamda kelajakdagi rejalari haqida fikr almashdi.
So‘zga chiqqanlar mamlakatimizda yosh avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim olishi, kasb-hunar egallashi hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishi uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, qulayliklar va shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, yoshlar o‘rtasida sodir etilishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlar, turli huquqbuzarliklar va ularning oqibatlari haqida ham atroflicha tushuntirishlar berildi.
Samimiy va ochiq muloqot tarzida kechgan tadbir davomida voyaga yetmagan o‘g‘il-qizlarning qiziqishlari, orzu-intilishlari hamda kelajakdagi maqsadlari haqida suhbatlashildi. Yoshlarning fikr-mulohazalari tinglanib, ularning jamiyatda munosib o‘rin egallashi uchun zarur bo‘lgan ko‘mak va tavsiyalar berildi.
Tadbir yakunida yoshlarning qiziqishlari va bildirilgan takliflaridan kelib chiqib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan aniq rejalar belgilab olindi. Xususan, ularni turli ta’lim muassasalari, kasb-hunar o‘quv markazlari hamda sport to‘garaklariga keng jalb etish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish yuzasidan tegishli kelishuvlarga erishildi.
Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi matbuot xizmati






