Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!
2026-03-13 14:40:00 / Yangiliklar

Hashar jarayonida harbiy xizmatchilar tomonidan harbiy qismlar hududlarini yanada obod va ko‘rkam qilish, sanitariya holatini yaxshilash hamda atrof-muhitni asrashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, hududlarni tartibga keltirish, mavjud yashil maydonlarni kengaytirish, yo‘lak va maydonlarni tozalash, gulzor va xiyobonlarni parvarishlash ishlari tizimli ravishda olib borilmoqda.
Shuningdek, hashar davomida turli mevali va manzarali daraxtlar, rang-barang gul ko‘chatlari ekilib, ularni parvarishlash va sug‘orish ishlari ham yo‘lga qo‘yildi. Harbiy qism hududidagi xiyobonlar, yo‘laklar hamda dam olish maskanlari obodonlashtirilib, ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari yanada kengaytirildi.
Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati





