Vatan xizmatiga bel bog‘lagan o‘g‘lonlar xizmat joylarida tantanali kutib olindi
2026-03-13 14:35:00 / Yangiliklar

Shundan so‘ng yosh askarlar harbiy qismlarga olib kelinib, ularning xizmat faoliyatini boshlashi uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirildi. Dastlab harbiy qism hududi bo‘ylab tanishtiruv sayohatlari tashkil etilib, askarlarga yotoqxona, oshxona, tibbiyot punkti, sport maydonchalari hamda ma’naviy-ma’rifiy xonalar ko‘rsatildi.
Mas’ul ofitserlar tomonidan harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar, kun tartibi hamda xizmat jarayonida amal qilinadigan talablar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, yosh askarlar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularning kayfiyati, xizmatga bo‘lgan tayyorgarligi va dastlabki taassurotlari o‘rtoqlashildi. Jumladan, Vatan himoyasi har bir yigit uchun sharafli burch ekani, harbiy xizmat davomida zarur bilim va ko‘nikmalarni puxta egallash muhimligi alohida ta’kidlandi.
Tadbir yakunida yoshlar yurt tinchligi va osoyishtaligini himoya qilish yo‘lida sidqidildan xizmat qilishga tayyor ekanliklarini bildirdi.
Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati








