Alp o‘g‘lonlar sharafli burchni ado etishga otlandi
2026-03-13 09:45:00 / Yangiliklar

Unda Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug qoʻmondonligi vakillari, Qurolli Kuchlar faxriylari, jamoatchilik faollari, mutasaddi tashkilotlar xodimlari hamda chaqiriluvchilarning ota-onalari ishtirok etdi.
Tadbirda soʻzga chiqqan mas’ullar va harbiy xizmatchilar ota-onalarga farzandlarini Vatanga sadoqatli, jasur va mas’uliyatli insonlar etib tarbiyalaganliklari uchun alohida minnatdorlik izhor etdi. Ta’kidlanganidek, Vatan himoyasi har bir yigit uchun nafaqat muqaddas burch, balki ulkan sharaf va mas’uliyat hamdir. Harbiy xizmat esa yoshlarning jismoniy va ma’naviy jihatdan yetuk inson bo‘lib shakllanishida muhim maktab vazifasini bajaradi.
Marosimda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mudofaa ishlari boshqarmasi boshligʻi ham soʻzga chiqib, chaqiriluvchi yoshlarga xizmat davrida yaratilgan imkoniyatlardan oqilona foydalanish, harbiy intizomga qat’iy rioya qilish, zamonaviy harbiy bilim va ko‘nikmalarni puxta egallash zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, u yigitlar kelgusida jamiyatning faol, fidoyi va vatanparvar fuqarolari bo‘lib yetishishlariga ishonch bildirib, ularga harbiy xizmat davomida omad va muvaffaqiyat tiladi.
Yakunda muddatli harbiy xizmatga otlangan alp yigitlar ota-onalari, yaqinlari hamda keng jamoatchilik vakillarining ezgu tilaklari ostida tantanali ravishda kuzatildi.
Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug matbuot xizmati









