Rahbar otaliqqa olingan yoshlar bilan uchrashdi
2026-03-12 17:05:00 / Yangiliklar

Unda Parkent tuman hokimligi, tuman prokuraturasi, Davlat xavfsizlik xizmati hamda tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi vakillari ishtirok etdi. Jarayonlarda yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, ularning ta’lim olishlari va kasb-hunar o‘rganishlari bo‘yicha davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan e’tibor haqida atroflicha ma’lumot berildi.
Tadbirda so‘z olganlar ertamiz egalariga harbiy kasbning nufuzi, mas’uliyati va ijtimoiy kafolatlari haqida tushuntirib, yoshlarning savollariga hayotiy misollar orqali javob berdi. Uchrashuvda yoshlarning kasb-hunar o‘rganishlari, mehnat bozorida o‘z o‘rnini topishlari va jamiyatga foydali shaxs sifatida yetishishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratilgani ta’kidlandi. Shu maqsadda ularga bo‘sh ish o‘rinlari va o‘quv markazlarining kurslari haqida batafsil ma’lumot taqdim etildi.
Yakunda biriktirilgan yoshlar bilan manzilli ishlash, ularning muammolarini hal etishda harbiy xizmatchilarga vazifalar belgilandi. Shuningdek, belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash va yoshlar bilan ishlash mexanizmini izchil davom ettirish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.
Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti matbuot xizmati






