Yashnobod yoshlari harbiy universitet bilan tanishdi
2026-03-12 16:50:00 / Yangiliklar

Unda Yashnobod tuman Yoshlar ishlari agentligi, mahallalardagi yoshlar yetakchilari, tibbiyot mutaxassislari, Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi, Bandlikka ko‘maklashish hududiy markazi, bank mutaxassislari hamda Ichki ishlar bo‘limi xodimlari va Yashnobod tumanida istiqomat qiluvchi 152 nafar yosh ishtirok etdi.
Dastur universitet hududi bo‘ylab ekskursiya bilan boshlandi. Ishtirokchilar zamonaviy o‘quv binolari, laboratoriyalar, amaliy mashg‘ulotlar maydonlari va kursantlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Universitet vakillari yoshlar uchun ta’lim jarayonining tashkil etilishi, kursantlarning bilim olishi va amaliy tayyorgarlik jarayoni haqida batafsil ma’lumot berdi.
Ekskursiyadan so‘ng ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Yoshlar harbiy kasb, o‘qishga kirish tartibi, professional harbiy kadr bo‘lish yo‘llari hamda kelajakdagi imkoniyatlar bo‘yicha savollar berib, mutaxassislar tomonidan batafsil javob oldi. Shu bilan birga, yoshlar bilan interaktiv suhbat tashkil etilib, ularning tashabbuslari va takliflari tinglandi.
Tadbir “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bilan yakunlandi. Uchrashuv davomida yoshlar o‘z muammolari va takliflarini bildirdi, mutasaddilar esa ularni qo‘llab-quvvatlashga doir chora-tadbirlar haqida ma’lumot berdi.
Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti matbuot xizmati









