Harbiy qismda “Harbiy qism yettiligi” tizimi faoliyati o‘rganildi
2026-03-12 16:35:00 / Yangiliklar

Mazkur tizim faoliyatini samarali tashkil etish hamda joylarda amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish maqsadida Toifalangan ob'yektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonining o‘rinbosari boshchiligida “Nazorat va ko‘maklashuv guruhi” tashkil etildi.
Ushbu guruh o‘z faoliyatini qo‘mondonlik tasarrufidagi Namangan viloyati Pop tumanida joylashgan harbiy qismdan boshladi. Tadbir davomida harbiy qismda xizmatni tashkil etish jarayonlari, yangi tizim doirasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda shaxsiy tarkib bilan olib borilayotgan faoliyat o‘rganildi.
Dastlab harbiy qism yettiligi a’zolari hamda “Nazorat va ko‘maklashuv guruhi” ishtirokida xizmat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda harbiy qism joylashuvi, xizmat faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hamda amalga oshirilishi rejalashtirilgan tadbirlar muhokama qilindi.
Shuningdek, yig‘ilish davomida yo‘nalishlar bo‘yicha ishchi guruh a’zolarining alohida ish rejasi ishlab chiqilib, tizim faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha ish algoritmi belgilab olindi.
Toifalangan ob'yektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi matbuot xizmati



